Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

Tashkiliy reja tuzish

14 июль 2022 йил
289
0

Aholini ro’yxatga olishni o’tkazishning tashkiliy rejasi (keyingi o’rinlarda — tashkiliy reja) hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar (shaharlar), Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha alohida tuziladi.

Ro’yxatga olish uchastkalarining chegaralari har bir ro’yxatga olish uchastkasiga to’g’ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o’rtacha 8 750 kishi va shaharlarda o’rtacha  11 250 kishi) hisobga olgan holda ma’muriy-hududiy bo’linish yaxlitligini (tuman yoki shahar darajasida) saqlash sharti bilan belgilanadi.

Ro’yxatga olish uchastkalari har bir instruktorga to’g’ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o’rtacha  1 750 kishi va shaharlarda o’rtacha 2 250 kishi) va aholi punktidagi aholi zichligini hisobga olgan holda instruktorlik uchastkalariga bo’linadi.

Instruktorlik uchastkalari har bir ro’yxatga oluvchiga to’g’ri keladigan yuklamadan (qishloq joylarda o’rtacha 350 kishi va shaharlarda o’rtacha 450 kishi) kelib chiqib hisob uchastkalariga bo’linadi.

Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin bo’lgan va olis hududlarda hisob uchastkasidagi aholining soni o’rtacha 250 nafardan iborat bo’lishi mezon sifatida olinadi.

Ayrim hollarda uchastkalarni tuzishda ro’yxatga oluvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki ko’p bo’lishi mumkin.

Hisob uchastkasi, instruktorlik va ro’yxatga olish uchastkalari sonidan kelib chiqib ro’yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.

Tashkiliy rejani tuzishda ko’zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to’liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda hisob uchastkasi, instruktorlik va ro’yxatga olish uchastkalariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar umumiy sonining 10 (o’n) foizi miqdorida ish haqi to’lanmagan holda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Ko’zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda ro’yxatga olish jarayonlariga zaxiradan jalb etilgan xodimlarga belgilangan tartibda ish haqi to’lanadi.

Tuman va shaharlar bo’yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalariga taqdim etiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha tayyorlangan tashkiliy rejalar hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi va Qo’mitaga taqdim etiladi.

Hududlar bo’yicha tuzilgan va tasdiqlangan tashkiliy rejalar umumlashtirilgan holda tasdiqlash uchun respublika komissiyasiga kiritiladi.

B.Muqumov,

Yangiobod tuman statistika bo’limi yetakchi mutaxassisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tashkiliy reja tuzish
16 июнь 2022, Четверг
Tashkiliy reja tuzish
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l
16 май 2022, Понедельник
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l
Korxonalar  vatashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
03 декабрь 2021, Пятница
Korxonalar vatashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi
Yangiobod tumanining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
12 ноябрь 2021, Пятница
Yangiobod tumanining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар