Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» “Ibrat farzandlari” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Ibrat farzandlari” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20 февраль 2023 йил
195
0

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, loyihaning YouTube platformasida (https://www.youtube.com/@ibratfarzandlari/videos) chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun ingliz, nemis, turk, rus, fransuz, italyan, ispan, xitoy, koreys va arab tillari va xorijliklar uchun o‘zbek tili bo‘yicha bepul darslar joylashtirib borilmoqda.

Bugun Yangiobod tumani Sarmich MFYdagi 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ibrat farzandlari” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yangiobod tumani hokimi o‘rinbosari A.Nishonov, Yoshlari ishlari agentligi tuman bo'limi rahbari A.Turdiqulov hamda mas'ul vakillar ishtirok etishib, yoshlarga mazkur loyihadan foydalanish va uning afzallilari to'g'risida tushunchalar berdilar.

Taqdimot ochiq muloqot tarzida davom etib, yoshlar loyiha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар