Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Davlat xaridlari bilan bog'liq tartib taomillarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida

Davlat xaridlari bilan bog'liq tartib taomillarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida

24 май 2022 йил
526
0

Ayrim davlat xaridlarining xalq e'tiroziga sabab bo'lyotganligini inobatga olib 2022 yilning 20 may kuni tizimdagi muammolarni bartaraf etish hamda “Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Davlat xaridlari bilan bog'liq tartib taomillarni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 276-son qaror qabul qilindi.
Tenderlarning onlayn va shaffof tarzda o'tkazilishi tartibi ushbu hujjat bilan yanada mustahkamlandi. Jumladan, tizimdagi shaffoflikni ta'minlash bo'yicha bir qator mexanizmlar yo'lga qo'yildi.
SHuningdek, ushbu qaror ko'plab xaridlarda kelib chiqayotgan manfaatlar to'qnashuvi, hadli kelishuv, tender o'tkazishdagi e'lon joylashtirish tartibi, taklif berish, tender natijalarining sarhisobi, yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi hamda to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'icha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilab bergan.
Bugungi kunda taxminan 5-6 foizga yaqin tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida ishtirok etayotganligi achinarli holat sifatida baholanib, nafaqat davlat korxonalari, balki davlat ulushi bo'lgan yirik korporativ korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari ustidan ochiq – shaffof jamoatchilik nazoratini o'rnatilishi davr talabiga aylanmoqda.

T.Qurbonov,
Yangiobod tuman YUXKM boshlig'i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар