Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Live: Tumanda jinoyat sodir etilish holati o'tgan yilga nisbatan oshgan

Live: Tumanda jinoyat sodir etilish holati o'tgan yilga nisbatan oshgan

03 апрель 2023 йил
369
0

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 54 sessiyasi davom etmoqda.

Ayni vaqtda sessiya kun tartibidagi beshinchi masala bo'yicha tuman IIB boshlig'i o‘rinbosari H.Ismoilov tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot bermoqda.

Xususan, tumanda 2023-yil 3-oyi davomida 12 ta jinoyat sodir etilib, 2022-yilning shu davriga solishtirilganida 1 taga oshgan.

Bugungi kunda tuman IIBda profilaktik xisobda turgan shaxslar 168 nafarni tashkil qilib, shundan 1 nafari ma’muriy nazorat qonuni ta’siri ostiga tushuvchi ilgari sudlangan shaxs, 167 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisoblanadi.

Tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan 2023-yilning 3 oyi mobaynida 42 nafar shaxslar profilaktik hisobga olingan. Ushbu davr mobaynida profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy xuquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jami 231 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар