Yangiobodlik sportchi yoshlar O'zbekiston chempionatida 11 ta medallarni qo'lga kiritishdi
Yurtimizda yoshlarga berilayotgan e'tibor, xususan, ularning sport bilan shug'ullanishlari hamda bu sohadagi iqtidorlarini yuzaga chiqarish yo'lidagi sa'y-harakatlar va yaratilayotgan sharoitlar natijasida yangiobodlik yosh sportchilar mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan turli musoboqa va turnirlarda yuqori natijalarga erishib kelayotganiga bugun barchamiz guvohmiz.
Shu yilning 16-18 iyun kunlari sportning Taekvondo VT turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida ham Yangiobod tuman sport bo'limi yosh sportchilari faol ishtirok etishib, yakunda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Муҳокамага қўшилинг