Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Bitiruvchi yoshlarga "Oltin" va "Kumush" medallari topshirildi

Bitiruvchi yoshlarga "Oltin" va "Kumush" medallari topshirildi

30 июнь 2023 йил
260
0

Yangiobod tumanidagi umumta'lim maktablarida joriy yilda 289 nafar o‘quvchilar 11 sinfni tamomlab, ular orasidan 7 nafari maktabni a'lo baholarga tugatgani uchun "Oltin" va "Kumush" medallarga sazovor bo‘lishdi.

Jumladan, 1-umumtalim maktabidan 2 nafar hamda 18 maktabdan 1 nafar o‘quvchi "Oltin" medal, shuningdek, 5-umumta'lim maktabidan 2 nafar, 1-umumtalim maktabidan 1nafar va 12-umumtalim maktabidan 1 nafar o‘quvchilar "Kumush" medal bilan tamomladilar.

Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ishtirokida bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi barcha bitiruvchilarni bayram bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlariga omadlar tiladi. Shuningdek, maktabni a'lo baholarga tugatgan o‘quvchilarga medallar va tashakkurnomalar topshirildi.


Yangiobod tumani hokimligi

Axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар