Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Yangiobod tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda boshqarma boshlig‘i polkovnik Ravshan Ibragimov tizimda xizmat olib boruvchi yosh harbiy xizmatchi va qutqaruvchilar, shuningdek, sohaga qiziqish bildirgan yoshlar bilan uchrashib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida bir guruh yosh xodimlar va iqtidorli yoshlar boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Муҳокамага қўшилинг