“Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi (Video)
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Yangiobod tumani hokimligi hamkorligida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
"Yoshlar oyligi" doirasida bo'lib o'tgan tadbirda "Ma'rifat" targ'ibot jamiyati a'zolari, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Dilshod Rajab, O'zbekiston Davlat filarmoniyasi xonandalari Xurshid Sabirov va Maftuna To'rayevalar ishtirok etishdi.
Tadbirda targ'ibot guruhi a'zolari tomonidan bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida to'xtalishib, yoshlarni puxta bilim egallashlari va yurt ravnaqiga dahldor bo'lishlari lozimligi ta'kidlandi.
Bayram tadbiri mehmon san'atkorlarning diltortar kuy-qo'shiqlari bilan ko'tarinki kayfiyatda davom etdi.