Havotog' QFYda uzumchilikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Havotog' QFYda mahalla faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman hokimi mahalla hududida uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha Oltiariq tajribasi asosida uzum yetishtirishni yanada rivojlantirish, tokzorlarni tashkil etish uchun maqbul joylarni tanlash hamda hudud iqlimiga mos boʻlgan koʻchatlarni tanlash kabi masalalar yuzasidan suhbatlashilib, bu xususda faollarning ham fikrlari tinglandi.
Shuningdek, uzumchilikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash borasida qonunchilikda koʻrsatilgan imtiyoz va imkoniyatlar ham tushuntirib oʻtildi.
Муҳокамага қўшилинг