Asosiy va ichki yo'llarda ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda
Yangiobod tumanidagi barcha mahalla va qishloqlarda asosiy va ichki yo'llarda ta'mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Ayni kunlarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Xo'jamushkent QFY, Obihayot ko'chasining 800 metr qismida shag'allashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yo'llar sifatini yaxshilash, aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar barcha mahallalarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Муҳокамага қўшилинг