Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Yangiobod tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

12 сентябрь 2023 йил
527
0

2023 yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 29,6 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 65,7 foizni tashkil qildi. Bu haqda Yangiobod tuman statistika bo'limi ma'lum qildi.

Joriy davrda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari (jami investitsiyalar hajmiga nisbatan 16,5 %), tijorat banklari kreditlari (2,2 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 2,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi va Yangiobod  tumanida jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar bo‘yicha ulushi
7,7 foizni tashkil qildi.

2023 yil yanvar-iyun oylarida Yangiobod tumani bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilganto‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar  2277,7mln. so‘mni tashkil etadi.

Tumanda uy-joy qurilishida jami 5,1 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi yoki jami investitsiyalar hajmining 17,3 foizini tashkil qildi.

Yangiobod  tumanida 2023 yilning yanvar-iyun oylarida umumiy maydoni 4,7 ming kv.m. (2022 yil yanvar-iyuniga nisbatan 44,3 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Kommunal qurilishda 6,1 km suv tarmoqlari va  0,4 km. gaz tarmoqlari ishga tushirilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 220,8 foiz suv tarmoqlari va
130,8 foiz gaz tarmoqlarini tashkil qildi.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida 13,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning yanvar–iyunga nisbatan 69,4 foizni tashkil etdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар