Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 62-sessiyasi axboroti
Bugun Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlri tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya ishida deputatlar tomonidan kun tartibidagi 7 ta masala koʻrib chiqildi.
Dastlab sessiya kun tartibidagi 1-masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri N.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosi yuzasidan axboroti tinglandi.
Ta'kidlandiki, 2023-yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalariga jami 163 ta murojaatlar yo‘llangan bo‘lib, ularning 75 tasi tasnifiga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati bilan bog‘liq murojaatlarni tashkil etgan.
Murojaatlarning yo‘llanishini mahallalar kesimida tahlil qilinganda, Yangiobod SHFYdan 11 ta, Sovot QFYdan 8 ta, Balandchaqir MFYdan 7 ta, Xo‘jamushkent QFYdan 5 ta, Do‘stlik MFYdan 4 ta, Havotog‘ QFYdan 7 ta, Sarmich MFYdan 13 ta, Shodlik MFYdan 20 ta murojaatlar kelib tushganligi ma'lum bo'lgan.
Joriy yilning iyul oyiga nisbatan murojaatlarning yo‘llanishi Yangiobod SHFYda 6 tadan 11 taga, Sovot QFYda 7 tadan 8 taga, Xo‘jamushkent QFYda 2 tadan 5 taga, Shodlik MFYda 5 tadan 20 taga ortganligi kuzatilgan bo‘lsa, Balandchaqir MFY, Do‘stlik MFY va Sarmich MFYda murojaatlarning soni kamaygan.
Kelib tushgan 75 ta murojaatlarning 38 tasi ijobiy hal qilingan, 10 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 22 tasiga tushuntirish berilgan, 5 ta murojaatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur masala yuzasidan fikrlar bildirilib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.
Sessiya kun tartibidagi 2-masalasi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rayimova so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi 145-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida axborot berdi.
Xususan, joriy yilning 9 oyi mobaynida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 4 nafari doimiy, 6 nafari vaqtinchalik ish o‘rinlariga joylashtirilgan, 58 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali, 43 nafari tomorqasidan erkin daromad olishini taʼminlash orqali bandligi taʼminlangan, 16 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitilgan, 2 nafariga subsidiya ajratilgan, 61 nafariga imtiyozli kredit mablag‘lari berilgan, 396 nafar xotin-qizlarga 267,5 mln so‘mlik moddiy yordamlar ajratilgan, 141 nafar xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan 7 nafar xotin-qizlar “Umra” safariga bepul yuborilgan, 8 nafarining sanatoriyada davolanish xarajatlari qoplab berilgan, 3 nafariga reabilitatsiya vositalari ajratilgan.
Ma'ruzachining axboroti tinglanib, savol-javoblar asosida tegishlicha muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi 3-masala yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari H.Ismoilov tomonidan tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Ma'ruzada tumanda 2023-yil 8 oyi davomida 35 ta jinoyat sodir etilib, 2022-yilning shu davriga solishtirilganida 8 taga oshgani ta'kidlandi.
Shuningdek, tuman IIBda profilaktik hisobda turgan shaxslar 168 nafarni tashkil qilib, shundan 2 nafari ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar, 166 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar hisoblanadi.
Tuman hududida 32 nafar o‘q-otar qurol egalari ro‘yxatga olingan. Shundan, shaxsiy qurollar soni 36 tani tashkil etib, 2023-yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida 3 nafar ov quroliga ega bo‘lgan shaxslar qurol saqlash qoidasini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
2023-yilning o‘tgan 8 oyi davomida ko‘cha va jamoat joylarida jinoyatlar sodir etilmagan.
Haftaning payshanba “Profilaktika kuni”, juma “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni”da tuman hududida turli xildagi yo‘l transport hodisalarini barvaqt oldini olish, haydovchilar, piyodalar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash va profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash ishlarining samaradorligini oshirish yuzasidan, “Diqqat piyoda”, “Diqqat bolalar” va “Yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish”, korxona, tashkilotlar va mahallalarda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish mavzularida suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu ma'ruza yuzasidan deputatlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishlicha muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi 4-masala yuzasidan Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman bolimi boshligi X.Hazratqulov so‘zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimiini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-6118-sonli Farmonining ijrosi to'g'risida axborot berdi.
Xususan, Byuroning Yangiobod tuman bo‘limi ish yurituvida jami mavjud bo‘lgan 52 mlrd 706 mln so‘mlik undiruvlarga oid 2951 ta ijro hujjatlaridan 30 mlrd 744 mln so‘mlik 1535 ta ijro hujjatlari tamomlangan.
Shundan, 1535 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 12 mlrd 334 mln so‘m, shu jumladan, 544 ta hujjatlar asosida 4 mlrd 240 mln so‘m mablag‘lar davlat foydasiga undirilgan.
Shu kabi, soliq qarzdorligi bo‘yicha 476 ta 10 mlrd 541 mln so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha, 92 ta 3 mlrd 766 mln so‘m amalda ijrosi ta’minlangan.
Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan Byuro tomonidan ijro hujjatlari asosida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar natijasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Deputatlar tomonidan ushbu axborot tinglanib, savol-javoblar asosida muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi 5-masala bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i H.Davronovning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi Qishloq xojaligiga moljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risidagi 709-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.
Hisobot davomida tumanning Balandchaqir va Havotog‘ mahallalari hududidan 12.1 gektar yer maydonlarini qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ajratish yuzasidan takliflar kiritilgani aytildi.
Shundan so'ng deputatlar tomonidan Sessiya kun tartibidagi 6-masala ko'rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.normatov so'zga chiqib, tashabbusli byudjet jarayonining 2023-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish to'g'risida so'z yuritdi.
Sessiya kun tartibidagi 7-masala yuzasidan esa tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi J.Isroilov so'zga chiqdi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq depetatlari tuman Kengashi deputatlari muzokaraga chiqib, oʻz taklif va fikrlarini bildirib oʻtdilar.
Yakunda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.
Yangiobod tumani hokimligi
Axborot xizmati