Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali oʻtkazildi

“XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali oʻtkazildi

09 октябрь 2023 йил
180
0

Yangiobod tuman Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali oʻtkazildi.
Fevtival doirasida mahallalar miqyosida xotin-qizlarning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi boʻlishlariga koʻmaklashish hamda oliy maʼlumotli ayollar safini kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolliklarini oshirishga qaratilgan forum, seminar, koʻrgazma, tanlovlar, davra suhbatlari, uchrashuv va boshqa tadbirlar tashkil etishdi.

Ushbu tadbirlarda olima va oqila ayollar, tajribali mutaxasssislar, tadbirkor ayollar, trenerlar, psixologlar, ekspert va rahbar xodimlar, sport va ilm-fan sohalaridagi faol xotin-qizlar taklif etildi.

Festival davomida “Oqila ayollar” harakati aʼzolari tomonidan “Ilm – saodat kaliti”, “Bitta qiz bolani oʻqitsangiz – butun oilani oʻqitgan boʻlasiz”, “Ayol ilmli boʻlsa, kelajak avlod bilimli boʻladi” mavzularida ham tadbirlar o'tkazildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар