Ta'lim fidoyilari “Xalq taʼlimi a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi
1-oktabr – "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi asosida tumanda taʼlim sohasidagi samarali faoliyati va tizim rivoji yo'lida oʻzlarining munosib hissasini qoʻshib kelayotganliklari uchun Yangiobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Muxtorov Elyor Muxtorovich hamda 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi Sharofboyeva Tozagul Mamadmurodovna “Xalq taʼlimi a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Yangiobod tumani hokimligi nomidan ushbu mukofot egalarini yuksak e'tirof bilan tabriklab, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish va ularni Vatan ravnaqiga dahldor etib tarbiyalashdek mas'uliyatli ishlarida omadlar tilaymiz!
Муҳокамага қўшилинг