Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani hokimi xitoylik investorlar bilan sement ishlab chiqarish loyihasi xususida suhbatlashdi

Yangiobod tumani hokimi xitoylik investorlar bilan sement ishlab chiqarish loyihasi xususida suhbatlashdi

07 ноябрь 2023 йил
263
0

Yangiobod tumanida sanoat sohasini rivojlantirish, mazkur sohada yangi va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tumanning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tuman hokimi boshchiligida salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay muhit sababli tumanimizda xorijiy investorlar bilan manfaatli loyihalar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xususan, bugun tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev Xitoylik investorlar bilan uchrashib, tumanda sement mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi xususida suhbatlashdi.

Mazkur loyihaga asosan, tumanda sement maxsulotlari ishlab chiqarish uchun 182 846.8 ming tonna zaxira mavjud boʻlib, xom ashyo bazasi bo'lgan yer “ABSALUTE ACES” MCHJ tomonidan ochiq elektron tanlov orqali sotib olindi.

Hozirda umumiy qiymati 200 mln AQSH dollar, kunlik ishlab chiqarish xajmi 7500 tonna boʻlgan sement loyixasi boʻyicha Xitoylik mutaxassislar tomonidan loyixa smeta ishlari olib borilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар