Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 64-sessiyasi axboroti

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 64-sessiyasi axboroti

15 ноябрь 2023 йил
298
0

Bugun Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan kun tartibidagi 11 ta masala koʻrib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabgi to'rtta masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R.Abdug'aniyev so'zga chiqdi. Dastlab ma'ruzachining aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2023-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Ta'kidlandiki, joriy yilning 9 oyida 4124 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratish belgilangan
bo‘lib, shundan investisiyalar tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 147 ta (107.3 foiz), moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga 1542 ta (133.3 foiz), qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi hisobiga 3030 ta (110 foiz), qurilish transport va kommunal sohalar hisobiga 76 ta (101.3), jami 4795 ta (116,3 foiz) doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu yaratilgan ish o‘rinlarining 2620 tasi doimiy, 1836 tasi mavsumiy va
339 tasi legalallashtirish hisobiga to‘g‘ri keladi.

Shundan so'ng kuz-qish mavsumida tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish to‘g‘risidagi, 2023-yil III-choragida tuman mahalliy byudjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi hamda tumanidagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi hamda mavjud muammoli kredit qarzdorliklarini undirish ishlarini jadallashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar birma bir ko'rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari F.Umurzoqovning tumanda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Xususan, yanvar-oktyabr oylarida 2 ta loyiha doirasida 0,7 mln dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilgan. 2023 yilda yangiobod tumani uchun 6 163,8 ming dollar miqdorida eksport prognozi belgilangan bo'lib, 2 517,0 ming dollar sanoat mahsulotlari va 3 646,8 ming dollar qishloq xo'jaligi mahsulotlari hisobiga to'g'ri keladi.

2023 yil yanvar-oktyabr oylarida tumanda 2 903,0 ming dollar eksport amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, 1 462,4 ming dollar natija qayd etilgan.

Sessiya kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i SH.Ahmedovning huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Hisobotda 2023-yil 9 oyi davomida umumiy jinoyatlarning sodir etilishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 32 tadan 37 taga oshgani ta'kidlandi.

Jumladan: Yangiobod SHFYda 16 ta, Sovot QFYda 3 ta, Xoʻjamushkent QFYda 1 ta, Doʻstlik  MFYda 1 ta, Havotogʻ QFYda 9 ta, Shodlik MFYda 3 ta, Sarmich MFYda 4 ta.

Sessiya kun tartibidagi yettinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosi to‘g‘risida ma'lumot berdi. 

Xususan, 2023-yilning sentyabr oyida tuman aholisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalariga jami 141 ta murojaat yoʻllangan boʻlib, ularning 57 tasi tasnifiga koʻra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilarining faoliyati bilan bogʻliq murojaatlardir. Joriy yilning sentyabr oyida avgust oyiga nisbatan murojaatlarning yoʻllanishi 75 tadan 57 taga yoki 24 foizga kamaygan.

Kelib tushgan 57 ta murojaatning 23 tasi ijobiy hal qilingan, 7 tasi huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 13 tasiga tushuntirish berilgan, 11 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 3 tasi rad etilgan.

Sessiya kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan tuman IIB boshlig'i o'rinbosari H.Ismoilov so'z olib, tumanda jamoat xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisibot berdi. 

Ma'ruzada ta'kidlandiki, tuman IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ma’muriy hududlarda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilishiga qaramasdan 2023 yil davomida 9 oyi davomida 37 ta jinoyat sodir etilgan. Hozirgi kunda tuman IIBda jami profilaktik xisobda turgan shaxslar 162 nafarni tashkil qilib, shundan: 160 nafar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar, 2 nafar ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar.

Sessiya kun tartibidagi to'qqizinchi masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i A.Kenjayev tomonidan Sog‘liqni saqlash, xususan tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi yuzasidan 2023-yil 9 oyi davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Ta'kidlandki, tumanda surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaxarvandlikga chalingan oʻsmir qizlar va ayollar roʻyxatga olinmagan.
Tumanda bolalar oʻrtasida tugʻma nogironlikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan 2023-yil 9 oyi davomida yangi tugʻilgan 300 nafar goʻdaklardan irsiy kasalliklar, yaʼni tugʻma gippoterioz va fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash maqsadida qon namunalari viloyat ona va bola skrining markaziga yuborildi. Natijalar manfiy. Shu bilan birga qarindosh urugʻ oʻrtasida nikohni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
2023-yil oʻtgan 9 oyi davomida onalar oʻlimi holati qayd etilmagan. 1 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 1 tani tashkil etdi.
Tumanda 2023-yil 9 oyi davomida 14-16 yoshdagilar oʻrtasida homiladorlik qayd etilmagan. Ushbu davr mobaynida 457 nafar homilador ayollar nazoratga olingan. Shuningdek homilador ayollar homiladorlikning 16-20 xaftalik muddati davrida tibbiy koʻrsatmaga asosan, tugʻma nuqsonli homilani erta aniqlash maqsadida tuman Ona va bola skrining xonasida tekshirish yoʻlga qoʻyilgan.

Sessiya kun tartibidagi o'ninchi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i T.Shodmonqulovning tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 9 oydagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Xususan, 2023-yil 9 oylik Yangiobod tumanining kontingent davlat daromadlar prognoz koʻrsatkichi 12 mlrd 820 mln.soʻm boʻlgani holda, haqiqatda tushum 14 mlrd 070 mln. soʻmga, yaʼni 110 foizga bajarildi yoki rejaga nisbatan 1250 mln. soʻm ortiqcha mablagʻ undirilgan.
Mahalliy byudjet daromadlarining 9 oylik aniqlangan reja koʻrsatkichlari 10 mlrd 389 mln.soʻm boʻlgani holda, haqiqatda tushum 11 mlrd 557 mln.soʻmga, yaʼni 111 foizga bajarildi yoki mahalliy byudjetlarga rejaga nisbatan 1168 mln. soʻm ortiqcha mablagʻ undirilgan.

2023-yil 3-chorak Yangiobod tumanining kontingent davlat daromadlar prognoz koʻrsatkichi 3 mlrd 850 mln.soʻm boʻlgani holda, haqiqatda tushum 4 mlrd 244 mln. soʻmga, yaʼni 110 foizga bajarildi yoki rejaga nisbatan 394 mln. soʻm ortiqcha mablagʻ undirilgan.
Mahalliy byudjet daromadlarining 3-chorak aniqlangan reja koʻrsatkichlari 2 mlrd 968 mln.soʻm boʻlgani holda, haqiqatda tushum 3 mlrd 507 mln.soʻmga, yaʼni 118 foizga bajarildi yoki mahalliy byudjetlarga rejaga nisbatan 540 mln. soʻm ortiqcha mablagʻ undirilgan.
Mahalliy byudjetning xarajat koʻrsatkichlari boʻyicha 9 oylik aniqlangan rejasi 65 mlrd 567 mln. soʻmni tashkil etib, chorak ijrosi davomida 63 mlrd 319 mln. soʻmlik xarajatlar amalga oshirilib, oʻzlashtirish koʻrsatkichi 96,6 foiz boʻlishi taʼminlangan.

Sessiya kun tartibidagi o'n birinchi masala yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muxandisi S.Abdullayev hamda "Yangiobodtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i A.Rayimjonov tomonidan elektr energiya ta’minotini yaxshilash, tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq depetatlari tuman Kengashi deputatlari muzokaraga chiqib, oʻz taklif va fikrlarini bildirib oʻtdilar.

Yakunda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Yangiobod tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар