Maktab sardorlari uchun o'quv seminari tashkil etildi
Ushbu o'quv seminarida "Sardor o'zi kim va u qanday bo'lishi kerak", "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida Sardorlar Kengashi" mavzularida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Tuman hokimi o'rinbosari A.Nishonov seminar doirasida maktab sardorlari bilan uchrashib, ochiq muloqot orqali ularni muammo va takliflarini tinglab, sardorlar faoliyatini yanada jonlantirish bo'yicha o'zining tavsiyalarini berdi.
Shuningdek o'quv seminari davomida jamoa bilan ishlash, o'quvchilar o'rtasida loyiha va tadbirlarni tashkillashtirishga oid ko'nikmalar berildi.
Муҳокамага қўшилинг