Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi
Yangiobod tuman prokurori, 2-sektor rahbari SH.Salimov sektor hududidagi «Balandchaqir» MFY hokim yordamchisi, mahalla fuqarolar yig'ini raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori bilan yuzma-yuz suhbat o'tkazildi.
Suhbat davomida, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlar bandligi va bu borada amalga oshiriladigan ishlarni birgalikda amalga oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish yuzasindan aholi xonadonlaridagi muammolarni o'rganish va aniqlangan kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Муҳокамага қўшилинг