"Bu kitobni har bir inson o'qishi kerak" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
Yangiobod tumanida "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!" g'oyasi asosidagi "Manaviyat marafoni" doirasida barcha ta'lim muassasalarida bir qator ibratli loyihalar o'tkazildi.
Xususan, tumandagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Bu kitobni har bir inson o'qishi kerak" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Beknazar Toshboyev hamda Axborot kutubxona markazi rahbari Furqat Raximovlar ishtirok etishib, o'quvchi yoshlarga kitob o'qishning inson kamolotidagi beqiyos o'rni xususida suhbatlashdilar.
Муҳокамага қўшилинг