Sarmich mahallasida aholini toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji qondirilmoqda
Yangiobod tumanida aholini toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ushbu yoʻnalishda yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining "Jizzax viloyati bo'yicha mahallalardagi birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar orqali infratuzilmani yanada yaxshilash to'g'risida"gi qarori asosida tumanning Sarmich mahallasida ham suv inshootlari barpo etildi.
Xususan, Sarmich MFYdagi Sarmich hamda Turonshox ko'chalarida 2 ta suv qudug'i qilinib, har biriga suv minorasi, transformator va zararsizlantiruvchi uskunalar o'rnatildi.
Hozirda Sarmich ko'chasida 2,3 km hamda Turonshox ko'chasida 1,7 km tarmoq tortish va oxirgi mantaj ishlari olib borilmoqda. Suv quduqlarining ishga tushishi natijasida Dasht hamda Qatorbog' ko'chalaridagi 100 dan ortiq xonadonlarning toza ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojlari qondiriladi.