Yangiobod tuman Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i so'rovnomada g'olib bo'ldi
Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyatidagi qaysi shahar yoki tuman bo’limi boshliqlari ichida faol harakat qilib, yoshlarni muammolarini hal qilishda yordam bergan, ularning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi bo‘lgan “Eng namunali bo‘lim boshlig‘i”ni aniqlash bo'yicha so'rovnoma o'tkazilgan edi.
Yangiobod tuman Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i Turdiqulov Abbosbek Alisher o‘g‘li mazkur so'rovnomada eng ko'p ovoz to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritdi va Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat bo'limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.
Муҳокамага қўшилинг