Baxtiyor oila vakillari taqdirlandilar
Xabaringiz bor, 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Baxtli oila – baxtiyor kelajak” shiori ostida online tanlov e’lon qilgan edi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar asosida, ya’ni:
- “Oilamiz shajara daraxti”;
- “Mening baxtli oilam” mavzusida insholar tanlovi;
- “Biz baxtli oilamiz” mavzusida rangli qalam va mo‘yqalamda rasmlar;
- “Tanishing: Mening-oilam” – mavzusida fotolar tanlovi;
- “Tadbirkor oila-farovon oila” mavzusidagi fotolavhalar yo‘nalishlarida tashkil etgan edi.
Mazkur tanlovda 120 dan ortiq oila vakillari ishtirok etishdi. Bugun ushbu tanlovda online tarzda qatnashgan ishtirokchilarning natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Mening baxtli oilam” mavzusida insho yozish shartida Navoiy viloyatidan Xusenova Nozima faxrli 1-o‘rinni,
Yangiobod tumani 10-maktab o‘quvchisi Rustambekova Gulshan 2-o‘rinni egalladi. Ishtirokchilar inshoda oila va oila a’zolari, ularning baxtli hayoti haqida ma’lumotlarni taqdim etdilar.
“Biz baxtli oilamiz” mavzusida rangli qalam va mo‘yqalamda rasmlar chizish shartida 1-o‘rinni Yangiobod tumani 12-maktab o‘quvchisi Noraliyeva Sevinch,
2-o‘rinni JDPI akademik litseyi o‘quvchisi Rahmatov Azamat, 3-o‘rinni esa Rayimqulova Omina egalladilar.
“Tanishing: Mening-oilam” – mavzusidagi fotolar yo‘nalishida 1-o‘rinni Yangiobod tumanidan Hakimov G‘ayrat, 2-o‘rinni Yangiobod tumanidan Xoliqnazarov Doston, 3-o‘rinni Ergashev Adashboylar egallshdi. Mazkur yo‘nalishda yosh oilalarning baxtli onlari fotosuratlari taqdim etildi.
“Tadbirkor oila-farovon oila” mavzusidagi fotolavhalar yo‘nalishida 1-o‘rinni Yangiobod tumanidan yosh oila vakillari bo’lmish Usmonqulov Tolmasjon hamda 2-o‘rinni Usmonaliyev Muhammadlar egallshdi. Ushbu yo‘nalishda yosh oilalar xonadonda shug‘ullanayotgan tadbirkorlik faoliyatini namoyish etdilar.
Qolaversa, Tursunboyev Murodjon va Suvonqulov Farruxjonlar faol ishtirok etdilar.
G‘oliblarimiz maxsus diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Aytish joizki, oilani mustahkamlashga xonadonning har bir a’zosi mas’ul ekanini unutmasligimiz lozim. Oila mustahkamligi yo’lida ota ona va har bir farzand birdek harakat qilsalar, bunday xonadon chinakam mehr-muhabbat maskaniga aylanadi.
Yana bir bor ushbu sanada oilalarimiz mustahkam bo‘lishini, farzandlarimiz baxtli va saodatli bo‘lishini tilab qolamiz.
Murodbek Rahmonberdiyev,
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiobod tuman Kengashi raisi.