“Armiya va xalq yakdildir” shiori ostida “Mini futbol” musobaqasi o‘tkazildi
Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish, sport sohasidagi davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash hamda harbiylar va yoshlar yakdilligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Yangiobod tumanida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar va chegara oldi mahallalar uyushmagan yoshlari o‘rtasida “Armiya va xalq yakdildir” shiori ostida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
DXX Chegara qo‘shinlari hamda Yangiobod tuman hokimligi tashabbusi bilan hamda tuman Sport bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu musobaqada jami 10 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Yangiobod tumani Balandchaqir MFY uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan “Balandchaqir” jamoasi egalladi.
Tadbir yakunida g‘oliblar, sovrindorlar hamda faol o‘yinchilarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Kapitan Sardor Otaqulov,
DXX ChQ harbiy xizmatchisi