Yangiobod tumani hokimligining barcha xodimlari toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Maʼlumki, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish belgilangan.
Shu asosda bugun Yangiobod tumani hokimligining barcha xodimlari toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrik jarayonlarida mutaxassis shifokorlar tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari sogʻligining barqarorligi koʻzdan kechirilib, tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.