Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, o'quv soati davomida quyidagi masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi:
- Davlat xizmatchilari xalqaro hamkorlik aloqalarida rioya qilishi zarur protokol va etiket qoidalari;
- Respublika teatrlarida 2024-yil yanvar oyida namoyish etiladigan spektakllar repertuari:
- “Mutolaa vaqti” rukni;
- “Konstitutsiyaviy savodxonlik” rukni;
- Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar
Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etildi.
Муҳокамага қўшилинг