Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan 27 mln. soʻm aliment pullari undirildi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarbdor tumanlararo sudining 2016-yil 20-sentyabrdagi № 5398-sonli sud buyrugiga asosan qarzdor O.J dan udiruvchi S.J foydasiga ikki nafar farzandi uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2016-yil 12-oktyabr kuni Byuroning Yangiobod tumani boʻlimiga kelib tushgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan 2016-yil 12-oktyabr kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro xarakatlari davomida O.Jdan undiruvchi S.J foydasiga 08-fevral 2024-yil kuni 27 mln. soʻm aliment pullari undirilishi taminlandi.
X.B.Xazratqulov,
Byuroning Yangiobod tuman boʻlimi boshligʻi