Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlar sarhisob qilindi
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 11 avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash xamda mamlakatning statistika saloxiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4273-sonli qarorining ijrosini ta'minlash hamda ijtimoiy iqtisodiy xodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risida ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, statistik axborotlarni takomillashtirish, iqtisodiy taxlillarni yanada chuqurlashtirilib, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlari sarhisob qilindi. Natijada:
2023 yil yanvar–dekabr oylarida sanoat mahsulotlari 51 251,1 mln so‘m 109,1*(*Fizik hajm indeksi) foizga, Hududiy sanoat ishlab chiqarish 38 151,1 mln. so‘mga Iste’mol mollari ishlab chiqarish 26 288,6 mln. so‘m 113,1 foizga, Chakana tovar aylanmasi xajmi 111 799 mln. so‘m 104,9 foizga, Tashqi savdo aylanmasi xajmi 1,8 mln AQSh dollari 47,5 foizga, jami xizmatlar 82 795,8 mln so‘m 100,0 foizga bajarildi.
Yangiobod tumani statistika bo‘limi