Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Yoshlarni yot g'oyalardan asrash, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish" yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

"Yoshlarni yot g'oyalardan asrash, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish" yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

31 январь 2024 йил
14
0

Yangiobod tumani, "Shodlik" mahallasidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yoshlarni yot g'oyalardan asrash, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish" yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari A.Nishonov, Adliya bo'limi boshlig'i J.Abduxoliqov, tuman IIB mas'ul xodimlari, mahalla mas'ullari, o'quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so'z olganlar yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni turli buzg'unchi g'oyalardan saqlash yuzasidan o'z tavsiyalarini berishdi.

Shuningdek, mahallada yoshlar o'rtasida sodir etilgan ayrim huquqbuzarlik holatlari sanab o'tilib, ota-onalar va mas'ullar ishtirokida muhokama etildi va bunday salbiy harakatlarning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qilishorganlari, balki, ota-ona va keng jamoatchilik birdek mas'ul ekani ta'kidlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар