Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Botir Zokirov" nomidagi zamonaviy estrada qо‘shiqchilari tanlovida Yangiobodlik ishtirokchi g'olib bo'ldi

"Botir Zokirov" nomidagi zamonaviy estrada qо‘shiqchilari tanlovida Yangiobodlik ishtirokchi g'olib bo'ldi

24 апрель 2024 йил
16
0

Joriy yilning 23-aprel kuni Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida bо‘lib о‘tgan mazkur tanlovda viloyatning shahar, tumanlaridan 15 nafar 18 yoshdan 35 yoshgacha bо‘lgan iste’dod egalari о‘zaro bellashdilar.

Hakamlar hay’atining qaroriga kо‘ra:

1-о‘rin Jasurbek G‘aybullayevga (Yangiobod tumani);
2-о‘rin Javoxir Islomovga (SH.Rashidov tumani);
3-о‘rin Rashid Toxirovga (Paxtakor tumani) berildi.

Ushbu о‘rin sohiblariga tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yо‘llanmalar berildi.

Mazkur tanlovni о‘tkazishdan maqsad, milliy estrada sanʼatimiz asoschilaridan biri, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk sanʼatkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosini yosh avlodga yetkazishdan iborat.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар