"Sovot'" QFYda aholining o'z shaxsiy tomorqalaridan oqilona foydalanishlari yuzasidan targ'ibot o'tkazilmoqda
Tomorqachilik - nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham yetakchi sohalardan biridir.
Shu kunlarda Yangiobod tumanining barcha mahallalaridagi aholi shaxsiy tomorqalarida bahorgi ishlar qizg'in davom etmoqda.
Mahalla mutasaddilari ham tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar amalga oshirib, tomorqa egalariga zarur tavsiya va amaliy ko'mak bermoqdalar.
Xususan, tumanning 1-sektoriga qarshli "Sovot'" QFYda aholining o'z shaxsiy tomorqalaridan oqilona foydalanishlari yuzasidan o'rganishlar o'tkazilib, tushuntirish va targ'ibotlar olib borilmoqda.
Муҳокамага қўшилинг