Live: Ayni vaqtda “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishmoqda
Ayni vaqtda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar.
Shuningdek, o'quv soati davomida quyidagi masalalarga toʻxtalib oʻtildi:
▫️“Temur tuzuklari” — har bir davr uchun dolzarb va qimmatli
▫️“Bir chimdim maʼnaviyat” rukni
▫️"Mutolaa vaqti” rukni
Shuningdek, davlat xizmatchilariga Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ham maʼlumot berilmoqda.
Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etilyapti.
Муҳокамага қўшилинг