“Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, o'quv soati davomida quyidagi masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi:
- OAVda intervyu berishning oʻziga xos jihatlari
- Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Maqsadni belgilashga salbiy taʼsir qiladigan 5 ta eski tushuncha” hamda shoira Zulfiya xotirasiga bagʻishlangan videolavha namoyishi
- “Mutolaa vaqti” rukni
- ”Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni
- Oʻzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ham maʼlumot berildi.
Ushbu “Siyosiy-maʼrifat soati” Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali namoyish etildi.
Муҳокамага қўшилинг