2 nafar yangiobodlik iste'dodli yoshlar respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlarni saralash va rag‘batlantirish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi”ning Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda 54 nafar 18-32-yoshdagi nomzodlar 6 ta yo‘nalishda ishtirok etib, ijro mahoratlarini namoyish etishdi.
Ishtirokchilarning chiqishlari respublika ekspertlar guruhi tomonidan baholab borildi.
Ekspertlar guruhining hulosasiga ko‘ra 2 nafar yangiobodlik iste'dodli yoshlar, jumladan, estrada ijrochiligi yo‘nalishida Doston G‘aybullayev hamda aktyorlik yo‘nalishida Donobek Abdullayev 1-o'rinni qo'lga kiritdilar.
Ularga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmalar berildi.