Sportning Voleybol turi bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasi o'tkazildi
Yangiobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida yoshlar o'rtasida voleybol sport turi bo'yicha iqtidorli va iste'dodli yoshlarni seleksiya qilish orqali professional sport jamoalariga jalb etishni ta'minlash maqsadida sportning Voleybol turi bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
Tadbirda tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Sh.Axmedov, tuman prokurori Sh.Salimov, sport sohasining malakali mutaxassislari hamda yoshlardan iborat voleybol jamoalari ishtirok etishdi.
Qiziqarli bahslarga boy tarzda o'tgan musobaqa davomida iqtidorli sportchi yoshlar saralanib, g'oliblarga Ichki ishlar bo'limining esdalik sovg'alari topshirildi va musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo'llanma berildi.