Yangiobod tumanida “Kitobxonlik haftaligi” start oldi
Shu yilning 22-26 aprel kunlari "Kitobsevar millat" shiori ostida IV Kitobxonlik haftaligi o'tkazilmoqda.
Bugun Yangiobod tumanidagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarga start berildi.
Bugungi tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Nishonov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari S.Abdurahmonova, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir B.Toshboyev, Axborot-kutubxona markazi jamoasi hamda ijodkor va kitobsevar yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olganlar kitobning yoshlar maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirishdagi roli va ahamiyati haqida gapirdilar. Shuningdek, kitobxonlik haftaligi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar rejasi haqida maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Beknazar Toshboyev ishtirokida yoshlar bilan ijodiy uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.