Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 69-sessiyasi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 69-sessiyasi bo'lib o'tdi

20 май 2024 йил
145
0

Bugun Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 69-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada dastlab kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Tumanda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash joyidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ma’suliyatini oshirish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Xususan, Sayxunobod tajribasi boʻyicha maxallalarda keng joriy etilishi belgilangan ishlar to'g'risida so'z yuritilib, 1-sektor xududidagi 2 ta maxallada 1-bosqichda 15 ta xonadonlar (tanlab olingan xonadonlarda 73 nafar fuqarolar yashaydi) tanlab olindi. Ushbu xonadonlarda 39 nafar mexnatga layoqatli shaxslar boʻlib, 17 nafar ishsiz fuqarolar borligi aniqlangan. Sayxunobod tajribasi asosida bitta xonadonda 3 yoʻnalishni rivojlantirish belgilangan boʻlib, ushbu xonadonlarda maxalla drayveridan kelib chiqqan holda ishlar amalga oshirildi. Tanlab olingan xonadonlarning barchasiga 540 mln soʻm miqdorda kredit mablagʻlari ajratilgani ta'kidlandi.

Jumladan: Parrandachilikni rivojlantirish uchun 1 ta xonadonga 50 mln soʻm, issiqxonachilikni rivojlantirish uchun 1 ta xonadonga 22 mln soʻm, Chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 ta xonadonlarga 100 mln soʻm, Baliqchilikni rivojlantirish uchun 1 ta xonadonga 50 mln soʻm, va 11 ta xonadonlarga tomorqadan samarali foydalanishi maqsadida sabzavotchilik yoʻnalishli uchun 318 mln soʻm ajratilgan.

Sessiya kun tartibidagi 2-masala yuzasidan tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Abdug'aniyevning 

Bozorlar va ulardagi narx-navolar barqarorligini saqlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidaga axboroti tinglandi.

Axborotda ta'kidlandiki, tuman hokimining 2023-yil 22-sentabrdagi “2022-2023-yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi 

mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 122-3-54-Q/23-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorlarga asosan, tuman boʻyicha jami 223 tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, jumladan, kartoshka 62 tonna, piyoz 94 tonna, sabzi 48 tonna va 19 tonna guruch zaxiraga jamgʻarish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 204 tonna ichki istemol bozori uchun hududiy tayyorlovchi tashkilotlari va 19 tonna ijtimoiy soxa muassasalari (MTMuchun 16,3  tn va TTB ga 3 tn) tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun zaxiraga jamgʻarilishi 

rejalashtirilgan boʻlib, amalda 223 tonna mahsulot  zaxiraga jamgʻirilgan.

Shundan so'ng sessiya kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman hokimi o'rinbosari T.Turdiqulovning O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Ma'ruzachi joriy yil uchun 50 gektar maydonda dehqon xo‘jaligi yuritish rejalashtirilgan bo‘lib, xozirgi kunda yoshlarning bandligi hamda turmush tarzini yaxshilash maqsadida tumanning Do‘stlik MFY xamda Havotog‘ QFY xududlaridan 50 gektar yer maydonlari yoshlarga qulay joylardan ko‘rsatib berilib, ayni vaqtda 46 gektar yer maydonlari yoshlarga “e-auksion.” platformasi orqali egalariga topshirildi. Xozirgi kunda ushbu yer foydalanuvchilari yutib olingan yer maydonlarida g‘alla, sabzavot xamda poliz ekinlari yetishtirilayotganini ta'kidladi.

Sessiya kun tartibidagi  keyingi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov so'zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining 19-bandi ijrosi to‘g‘risidagi axborotini o'qib eshittirdi.

Axborotda ta'kidlandiki, 2024-yilning fevral oyida tuman aholisidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga hamda sektor sayyor qabullarida jami 142 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 14 tasi mazmuniga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati bilan bog‘liq murojaatlardir.

Mahallalar kesimida tahlil qilinganda,  Yangiobod SHFYdan 5 ta, Xo‘jamushkent QFYdan 2 ta, Do‘stlik MFYdan 2 ta, Xavotog‘ QFYdan 1 ta, Sarmich MFYdan 2 ta, Shodlik MFYdan 2 ta murojaat yo‘llangan bo‘lsa, Sovot QFY hamda Balandchaqir MFY hududidan murojaat tushmaganligi aniqlandi.

Kelib tushgan 14 ta murojaatning 7 tasi ijobiy hal qilingan, 5 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 1 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi tugatilgan. Takroriy murojaatlar kelib tushmagan.

Shundan so'ng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E.Muxtorovning tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Sessiya kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan esa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i A.Kenjayevning sog‘liqni saqlash, xususan tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Shuningdek, sessiya davomida tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tumanda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash saqlash holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot ham tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.

Sessiya kun tartibi so'ngida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Nazarqulovaning “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ishlashini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishini o‘rganish natijalari to‘risidagi hisoboti ham tinglanib, unda  Yangiobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘yicha 2024 yil may oyi xolatiga  jami 8 ta mahalladan 1325 ta ariza qabul qilingan va Yagona reestr dasturiga kiritilgani ta'kidlandi.

Sessiya davomida barcha masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi va Xalq deputatlari tuman Kengashining 69-sesaiyasi o‘z ishini yakunladi.


Yangiobod tumani hokimligi

Axborot xizmati


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар