Deputatlar tomonidan Yangiobodda Qurbon hayiti munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi
Mehr-saxovat koʻrsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Ulugʻ ayyom kunlari ijtimoiy koʻmakka muhtojlar, bemorlar va yolgʻiz keksalar, shu bilan birga barcha yoshu-qari, yoru-birodarlar holidan xabar olish muhim sanaladi.
Bugun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M. Rahmonberdiyev, Yangiobod ShFY raisi, deputat O.Begmatov va tuman hokimligi masʼullari ishtirokida tumanning 1-sektoriga qarashli Yangiobod ShFYda istiqomat qiluvchi oilalar holidan xabar olinib, ularga estalik bayram sovgʻalari topshirildi.
Muborak hayit munosabati bilan mehr-oqibat va saxovat tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Муҳокамага қўшилинг