Soliq undiruvlari davom etmoqda
Soliqlar taʼlim, kam taʼminlanganlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, huquq-tartibotni saqlash, mudofaa salohiyatini taʼminlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Soliq va boshqa majburiy toʻlov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblamagan.
Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida soliq toʻlovlar undiruviga oid jami ish yurituvdagi ijro hujjatlaridan 815 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 8 mlrd. 195 mln. soʻmlik qarzdorliklari undirilgan boʻlsa, qarzdorlarga tegishli 14 ta 850 mln. soʻmlik mol-mulklari xatlovga olingan.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.