Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumanida Yangi yil munosabati bilan bayram tomoshalari bo'lib o'tmoqda (Video)

Yangiobod tumanida Yangi yil munosabati bilan bayram tomoshalari bo'lib o'tmoqda (Video)

29 декабрь 2024 йил
127
0

Yurtimiz bo'ylab Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Yangiobod tumanida ham bayram tantanalari va turli aksiyalar bo'lib o'tmoqda.

Bugun tumandagi 19-sonli musiqa va san'at maktabida bolalar uchun "Yangi yil sarguzashtlari" nomli bayram tomoshasi tashkil etilib, barchaga zavqli va chinakam bayram kayfiyati tuhfa etildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov barchani bayram bilan tabriklab, kirib kelayotgan yangi yil hamma uchun omadli va quvonchli lahzalarga boy bo'lishini tiladi.

Bayram tadbirida bolajonlar ishtirokida yangi yil bayramini tarannum etuvchi she'r va qo'shiqlar, QVZ, qorbobo va qorqiz ishtirokidagi chiqishlar, ertak va hikoyalar asosida tayyorlangan qiziqarli sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, tuman madaniyat bo'limi ijodkorlari tomonidan sho'x-shodon kuy-qo'shiqlar ijro etilib, bayram tadbiri yoshlarning o'yin-kulgulari bilan haqiqiy shouga aylanib ketdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Bolajonlar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi
30 декабрь 2024, Понедельник
Bolajonlar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Sarmich mahallasida Yangi yil tadbiri tashkil etildi
26 декабрь 2023, Вторник
Sarmich mahallasida Yangi yil tadbiri tashkil etildi
Yangiobodda Yangi yil shukuhi
29 декабрь 2023, Пятница
Yangiobodda Yangi yil shukuhi
Mahallalarda Yangi yil tadbirlari bo'lib o'tmoqda
30 декабрь 2023, Суббота
Mahallalarda Yangi yil tadbirlari bo'lib o'tmoqda
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар