Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani Sovot qishlog'ida 60 o'rinli yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi (Video)

Yangiobod tumani Sovot qishlog'ida 60 o'rinli yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi (Video)

29 декабрь 2024 йил
130
0

Bugun mazkur bog'chaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi mahalla ahlini yangi maskan bilan tabriklab, jajji farzandlarimizni bu dargohda shodu-xurramlikda unib-o'sishi va barkamol shaxslar bo'lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Shundan so'ng tashrif buyurganlar muassasa binosi va bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan birma-bir tanishdilar.

Muassasaning biri-biridan ko'rkam xonalari va zallarning devorlari kichkintoylarga xos tarzda chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Oshxona, yotoqxona va musiqa zallari zamonaviy tarzda jihozlangan.

Prezident qarori asosida 2 mlrd so'm mablag' evaziga qad ko'targan ushbu bog'chaning foydalanishga topshirilishi, mahalla ahli uchun yangi yil bayramiga ajoyib tuhfa bo'di.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар