O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848 ( sonli Farmoni 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilindi, mazkur farmon ijrosi yuzasidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, Respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Natijada bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo’lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o’zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo’lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o’ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2021 yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi
53,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,2 foizni tashkil etdi.
Korxonalar vatashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Yangiobod tumanida 2021 yilning 1 oktabr holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1 000 tani tashkil qilib, shundan 731 tasi yoki 73,1 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 609 ta (60,9 %), savdo 118 ta (11,8 %), sanoat 72 ta (7,2 %) va qurilish 40 ta (4,0 %) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Yangiobod tumanida 2021 yilning 1 oktabr holatiga ro‘yxatga olingan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi
|
Ro‘yxatga |
Faoliyat |
||
birlik |
yakunga nisbatan foizda |
birlik |
yakunga nisbatan foizda |
|
|
|
|
|
|
Jami |
1 000 |
100,0 |
731 |
100,0 |
shu jumladan: |
|
|
|
|
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi |
609 |
60,9 |
357 |
48,8 |
sanoat |
72 |
7,2 |
70 |
9,6 |
qurilish |
40 |
4,0 |
40 |
5,5 |
savdo |
118 |
11,8 |
112 |
15,3 |
tashish va saqlash |
10 |
1,0 |
7 |
1,0 |
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar |
21 |
2,1 |
19 |
2,6 |
axborot va aloqa |
6 |
0,6 |
6 |
0,8 |
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish |
6 |
0,6 |
6 |
0,8 |
boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish |
118 |
11,8 |
114 |
15,6 |
Ro‘yxatga olingan korxonalar umumiy sonining – 5,5 foyzi davlat mulkini tashkil etib, qolgan –94,5 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 22,4 foizi xususiy korxonalar, – 1,4 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, – 70,7 foizi boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Yangiobod tuman statistika bo'limi