O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 11 oktabrdagi 10-mb-son qaroriga asosan, Jizzax viloyatidagi barcha umumta’lim muassasalari tomonidan 1-umumata’lim shakli yillik “Umumta’lim muassasining 2022-2023 o‘quv yili boshiga xisoboti”ni joriy yilning 4 oktabridan kechiktirmay internet tarmog‘i orqali elektron tarzda ya’ni http://hisobot.stat.uz saytiga kirgan holda, elektron kalit orqali ushbu xisobotni taqdim etish belgilangan.
Mansabdor shaxslarning davlat statistik kuzatuvini olib borish uchun zarur bo’lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko’rsatish yoki hisobot taqdim etish muddatlarini buzishi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 215-moddasiga binoan, eng kam ish xaqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu javobgarlikning oldini olish maqsadida, viloyatdagi umumta’lim muassasalari faoliyati to‘g‘risida to‘liq va xaqqoniy ma’lumotlar olish maqsadida, xududdagi umumta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari tomonidan mazkur 1-umumta’lim shakli yillik statistik xisobotini belgilangan muddatda taqdim etilish zarur.
Yangiobod tumani statistika bo'limi