2022-yil 7-iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish sohasida bir qator talablar belgilandi. Qonun 8 ta bob va 53 ta moddadan iborat bo'lib, joriy yilning 9-sentabr kunidan kuchga kirdi.
Shu paytga qadar amaldagi qonunimizda reklama tiliga bo‘lgan talab mavjud emas edi. Yaʼni reklama uni beruvchining xohishiga ko‘ra istalgan tilda berilishi mumkin edi. Endilikda reklamani dastlab davlat tilida berish qatʼiy belgilandi va reklama beruvchining ixtiyoriga ko‘ra boshqa tillarda ham aynan qaytarilishi mumkin bo‘ldi.
Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.
Shu munosabat bilan Sizlardan reklama vositalarini o'rnatishda yoki joylashtirishda yangi tahrirdagi Qonun talablariga rioya etishingizni so'raymiz.