Bugun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Yangiobod tumani hokimligi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, “Siyosiy-maʼrifat soati”da Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmati intizomi Kodeksi mazmun-mohiyati, “Davlat boshqaruvi sanʼati: Oʻzgarayotgan dunyo uchun strategiyalar” hamda Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi.