Yangiobod tumanida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ularning bo'sh vaqtlarida ommaviy sport o'yinlariga jalb etish maqsadida turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun tumanning 1-sektor hududiga qarashli Yangiobod SHFYda tuman sport bo'limi hamda Yoshlar yetakchilari hamkorligida mahalla yoshlari o'rtasida mini futbol musobaqasi o'tkazildi.