Ayni vaqtda boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi 51 sessiyasining dastlabki masalasi yuzasidan tuman saylov komissiyasi raisi A.Rasulberdiyev Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining boʻshab qolgan 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2023-yil 5 yanvar kuni xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining boʻshab qolgan 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugiga saylov boʻlib oʻtdi.
Tuman saylov komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 23-“Qoʻshqand 2” saylov okrugi boʻyicha saylov natijasi aniqlandi.
Saylov natijalariga koʻra Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan koʻrsatilgan nomzod Hasanov Valijon Keldibekovich 82,5 foiz ovoz olib, tuman Kengashi deputatligiga saylandi.