“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda - Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” shiori ostida sayohat tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, bugun Yangiobodlik bir guruh yoshlarning Jizzax shahriga sayohati tashkil etildi.
"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida tashkil etilgan ushbu tur davomida o‘quvchi yoshlar viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan "Olmos Botir va uning yangi yil sarguzashtlari" nomli teatrlashtirilgan tomoshalardan bahramand bo‘lishdi.
Shundan so'ng o'quvchi yoshlar "Hamid Olimjon va Zulfiya" hamda "Sharof Rashidov" muzeylarida ham bo'ishdi.