Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Yangiobod tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda mas'ullar bilan birgalikda Namingon qishlog‘ini tuman markazi bilan bog‘lovchi suv yo‘lidagi kechuv qurilishi ko‘zdan kechirildi.
Ushbu loyiha 2022 yilning dekabr oyida boshlangan bo‘lib, hozirda qurilish ishlari davom etmoqda. Viloyat IIB boshlig‘i shu yerda tuman mas’ullari, mahalla faollari hamda nuroniylar bilan suhbatlashdi. Ma’lum qilinishcha, 500 nafar aholi istiqomat qiladigan qishloq ahlini ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotir. Qiymati 1 milliard 300 million so‘mlik mazkur loyiha doirasida 4,2 kilometrlik quvurlar yotqiziladi. Bunyodkorlik ishlarini fevral oyida yakunlash reja qilingan.