"Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 18-moddasiga asosan pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.