Bugun Yangiobod tumani 4-sektor rahbari A.Suyunov sektor hududidagi “Shodlik” MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahallabay ishlash tizimidan kutilayotgan natijalar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, xonadonlarni uyma uy o‘rganib muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.